C da Input/Output (4-dars)

·

6 min read

Qo'lanmada foydalanigan kalit so'zlar:

input - foydalanuvchidan ma'lumot olish,

output - foydalanuvchiga ma'lumot berish ya'ni ekranda biron nimani ko'rsatish,

statement - dasturlashda statement - bu bajariladigan ba'zi bir harakatlarni ifodalaydigan imperativ dasturlash tilining sintaktik birligi. Batafsil ma'lumot print - ekranga biron narsani chiqarish

Ushbu qo'llanmada siz foydalanuvchidan input olish uchun scanf () funktsiyasidan va foydalanuvchiga outputni ko'rsatish uchun printf () funktsiyasidan foydalanishni o'rganasiz.

C Output

C da printf () asosiy output funktsiyalaridan biridir. Funksiya ekranga formatlangan outputni yuboradi(ya'ni printf() ning ichida yozilgan ma'lumot ekranga chiqadi). Masalan:

1-misol: C da output

#include <stdio.h>    
int main()
{ 
    // Qo'shtinoqlar ichidagi textni ekranga chiqaradi
    printf("C Programming");
    return 0;
}

Output:

C Programming

Ushbu dastur qanday ishlaydi?

  • C dagi barcha dasturlar main () funktsiyasini o'z ichiga olishi kerak. Kodning ishga tushishi main () funktsiyasidan boshlanadi.

  • Printf () - formatlangan output-ni ekranga chiqarish uchun funktsiya.

  • Dasturimizda printf () dan foydalanish uchun #include <stdio.h> iborasi yordamida stdio.h header faylini kiritishimiz kerak (ya'ni dasturimizda stdio.h kutubxonasini chaqirib olmasak printf() funktsiyasidan foydalana olmaymiz)

  • return 0; - bu main() funktsiyasi ichidagi statementdir. return 0; dasturning chiqish holatini ifodalaydi. main() funktsiyaning ohiriga return 0; qo'yish ixtiyoriydir lekin .

2-misol: Integer Output

#include <stdio.h>
int main()
{
    int testInteger = 5;
    printf("Number = %d", testInteger);
    return 0;
}

Output

Number = 5

Int turdidagi raqamlarni ekranga chiqarish uchun biz %d format spetsifikatoridan(ya'ni o'zgaruvchi turini aniqlash uchun) foydalanamiz. Bu erda qo'shtirnoqlar ichidagi %d testIntegerning qiymati bilan almashtiriladi.

3-misol: float and double Output

#include <stdio.h>
int main()
{
    float number1 = 13.5;
    double number2 = 12.4;

    printf("number1 = %f\n", number1);
    printf("number2 = %lf", number2);
    return 0;
}

Output

number1 = 13.500000
number2 = 12.400000

float turidagi raqamlarni ekranga chiqarish uchun biz %f format specifikatoridan foydalanamiz. Xuddi shunday, double turidagi o'zgaruvchining qiymatlarni ekranga chiqarish uchun %lf dan foydalanamiz.

4-misol: Print Characters

#include <stdio.h>
int main()
{
    char chr = 'a';    
    printf("character = %c", chr);  
    return 0;
}

Output

character = a

Char-ni print qilish uchun biz %c formatidagi spetsifikatordan foydalanamiz (o'zgaruvching qiymatini ya'ni a ni ekranga chiqarish uchun).

C da Input

C da scanf () foydalanuvchidan ma'lumot olish uchun eng ko'p ishlatiladigan funktsiyalardan biridir.

5-misol: Integer Input / Output

#include <stdio.h>
int main()
{
    int testInteger;
    printf("Butun Son Kiriting: ");
    scanf("%d", &testInteger);  
    printf("Number = %d",testInteger);
    return 0;
}

Output

Butun Son Kiriting: 4
Number = 4

Bu yerda biz foydalanuvchidan int turadigan ma'lumotni olganimizda input olish uchun scanf() funktsiyasi ichida %d spetsifikatoridan foydalanganmiz. Foydalanuvchi integer sonni kiritganda, u kiritgan qiymat testInteger o'zgaruvchisida saqlanadi.

scanf () ichida **&** testInteger ishlatganligimizga e'tibor bering. Buning sababi & testInteger, testInteger manzilini oladi va foydalanuvchi kiritgan qiymat shu manzilda saqlanadi.

6-misol: Float va Double Input / Output

#include <stdio.h>
int main()
{
    float num1;
    double num2;

    printf("Son Kiriting: ");
    scanf("%f", &num1);
    printf("Boshqa son Kiriting: ");
    scanf("%lf", &num2);

    printf("num1 = %f\n", num1);
    printf("num2 = %lf", num2);

    return 0;
}

Output

Son Kiriting: 12.523
Boshqa Son Kiriting: 10.2
num1 = 12.523000
num2 = 10.200000

Biz float va double uchun mos ravishda %f va %lf spesifikatorlaridan foydalanamiz.

7 - misol: char Input/Output

#include <stdio.h>
int main()
{
    char chr;
    printf("Belgi Kiriting: ");
    scanf("%c",&chr);     
    printf("Siz %c kiritidingiz.", chr);  
    return 0;
}

Output

Belgi Kiriting: g
Siz g kiritdingiz.

Yuqoridagi dasturga char(belgi)kiritganda, charning o'zi saqlanmaydi. Buning o'rniga, integer qiymati (ASCII qiymati) saqlanadi.

Va biz ushbu qiymatni %c dan foydalanib print qilganimizda, kiritilgan belgi ekranga chiqadi. Agar biz belgini ko'rsatish uchun %d dan foydalansak, uning ASCII qiymati ekranga chiqadi.

8-misol: ASCII qiymati

#include <stdio.h>
int main()
{
    char chr;
    printf("Belgi Kiriting: ");
    scanf("%c", &chr);     

    // %c ishlatilganda ekranga belgi chiqadi
    printf("Siz %c kiritdingiz.\n",chr);  

    // %d ishlatilganda belgining ASCII qiymati ko'rsatiladi
    printf("ASCII qiymati %d.", chr);  
    return 0;
}

Output

Belgi Kiriting: g
Siz g kiritdingiz.
ASCII qiymati 103.

Input/Output bir nechta qiymatlar

Bu yerda siz foydalanuvchidan bir nechta ma'lumotni olishni va ularni namoyish qilishni o'rganishingiz mumkin.

#include <stdio.h>
int main()
{
    int a;
    float b;

    printf("Integer va Float son kiriting: ");

    // Bir nechta qiymat qabul qilish
    scanf("%d %f", &a, &b);

    printf("Siz %d va %f kiritdingiz", a, b);  
    return 0;
}

Output

Integer va Float son kiriting: -3
3.4
Siz -3 and 3.400000 kiritdingiz

Input/Output uchun format spesifikatorlari

Yuqoridagi misollardan ko'rinib turibdiki, biz

  • int uchun %d

  • float uchun %f

  • double uchun %lf
  • char uchun %c

-lardan foydalanamiz.

Bu yerda C da tez-tez ishlatiladigan o'zgaruvchi turlari(yoki ma'lumot turlari) va ularning format spesifaktorlari ro'yxati keltirilgan:

image.png

Telegram kanal: @developer_asadbek

Did you find this article valuable?

Support Asadbek by becoming a sponsor. Any amount is appreciated!