JavaScriptga Kirish(1-dars)

·

2 min read

Qo'lanmada foydalanigan kalit so'zlar:

engine - ya'ni JS codeni ishga tushirish uchun kerak bo'lgan dastur engine deyiladi

Ushbu qo'llanmada siz JavaScript-ni kompyuteringizda ishga tushirishning turli usullari haqida bilib olasiz.

1. Veb-brauzerlarning Konsolidan(console) foydalanish

Barcha mashhur veb-brauzerlarda JavaScript-ni enginelari o'rnatilgan. Shunday qilib, siz JavaScript-ni brauzerda ishlatishingiz mumkin. JavaScript-ni brauzerda ishlatish uchun, O'zingiz ishlatadigan brauzeringizni oching (bu yerda biz Google Chrome-dan foydalanamiz).

Mouseni o'ng tomonini bosib developer tools ni oching va Inspect-ni tanlang, yoki F12ni bosing.

inspect-browser.png

Developer tools-da, console ga o'ting. Keyin, JavaScript kodini yozing va kodni ishga tushirish uchun enter tugmasini bosing.

console-tab-browser.png

2. Node.js dan foydalanish

Node - bu JavaScript kodini ishga tushirish uchun enginedir. JS ni Node.js yordamida ishlatish uchun quyidagi amallarni bajaring:

  1. Node.js ning so'nggi versiyasini o'rnating.
  2. Visual Studio Code kabi IDE/Text Editorni o'rnating. VS code-da fayl yarating > JS kodini yozing > .js kengaytmasi bilan saqlang.

hello-node-ide.png

3.CMD ni oching va cmd orqali js codingiz saqlangan filega kiring.

image.png

4.File kirgandan keyin node va js faylingiz qanday nomlagan bo'lsangiz shuni yozing: Masalan: node app.js va enter ni bosing image.png

3. Veb-sahifalarni ochish orqali

Dastlab JavaScript veb-sahifalarni interaktiv qilish uchun yaratilgan, shuning uchun JavaScript va HTML bir-biriga mos keladi. JS-ni veb-sahifa orqali ishga tushirish uchun quyidagilarni qiling:

  1. Open VS Code > Go to File > New File > .html kengaytmasi bilan saqlang. Ya'ni VsCode kirasiz File menusi orqali .html formatdagi yangi file oching. Masalan: main.html.
  2. Quyida yozilgan html codeni copy qilib yangi ochgan faylingizga codeni tashlang.
<!doctype html>

<html lang="en">
<head>
  <meta charset="utf-8">

  <title>Asadbek.hashnode.dev</title>
</head>

<body>
  <script src="app.js"></script>
</body>
</html>

HTML fayli ichidan biz uni ishlatish uchun app.js faylini htmlga bog'lashimiz kerak. Bunga quyidagi kodni html -ga qo'shish orqali qila olamiz: <script src="main.js"></script>

  1. Brauzer yordamida html faylini oching.
  2. Bizning JS kodimiz ishlagan-ishlamaganligini tekshirish uchun veb-sahifada mousening o'ng tugmasini bosing> Inspect ni tanlang> Konnsolni(console) tanlang.

console-tab.png

Endi JavaScript-ni qanday ishlatishni bilasiz, keling, keyingi o'quv qo'llanmasidan JavaScript asoslarini o'rganishni boshlaymiz.

Telegram kanal: @developer_asadbek

Did you find this article valuable?

Support Asadbek by becoming a sponsor. Any amount is appreciated!