JavaScript o'zgaruvchilar va konstantlar(2-dars)

·

5 min read

Ushbu qo'llanmada siz JavaScript o'zgaruvchilari va konstantalar va ulardan foydalanishni o'rganasiz.

JavaScript-da o'zgaruvchilar

Dasturlashda o'zgaruvchi - bu ma'lumotlarni saqlash uchun container (saqlash maydoni). Masalan:

let num = 5;

Bu yerda num 5 sonini ushlab turuvchi o'zgaruvchidir.

JavaScript da o'zgaruvchilar e'lon qilish

JavaScript-da biz o'zgaruvchilarni e'lon qilish uchun var va let kalit so'zlaridan foydalanamiz. Masalan:

var x;
let y;

Bu yerda x va y o'zgaruvchilar.

JavaScript var va let var va let ikkalasi ham o'zgaruvchini e'lon qilish uchun ishlatiladi. Biroq, ular orasida ba'zi farqlar mavjud.

  • var JavaScript-ning eski versiyalarida ishlatiladi
  • let bu JavaScriptning ES6 (ES2015) versiyasidan boshlab o'zgaruvchini e'lon qilishning yangi usuli.
  • var funktsiyani qamrab oladi (keyingi maqolalarda bu haqida batafsil bilib olasiz)
  • let blockni qamrab oladi (keyingi maqolalarda bu haqida batafsil bilib olasiz)

Izoh: var o'rniga let dan foydalanish tavsiya etiladi. Biroq, let-ni qo'llab-quvvatlamaydigan bir nechta brauzerlar mavjud. Qo'shimcha ma'lumot olish uchun ushbu sitega tashrif buyuring.

JavaScript-da o'zgaruvchilarga qiymat berish

O'zgaruvchiga qiymat berish uchun biz tayinlash operatori = dan foydalanamiz.

let x;
x = 5;

Bu yerda 5 x o'zgaruvchiga qiymat sifatida berilgan. O'zgaruvchilarni e'lon qilayotganda ham ularga qiymat berishingiz mumkin:

let x = 5;
let y = 6;

JavaScript-da o'zgaruvchilarni bitta statement da e'lon qilish mumkin.

let x = 5, y = 6, z = 7;

Agar siz o'zgaruvchiga qiymat bermasdan foydalansangiz, o'zgaruvchi undefined qiymatga ega bo'ladi.

let x; // x o'zgaruvchining nomi
console.log(x); // undefined

Bu yerda x o'zgaruvchining nomi va u hech qanday qiymatga ega bo'lmaganligi sababli undefined bo'ladi. Undefined va boshqa ma'lumotlar turlari haqida keyingi qo'llanmada batafsil bilib olasiz.

O'zgaruvchilarning qiymatini o'zgartirish

O'zgaruvchida saqlangan qiymatni o'zgartirish mumkin. Masalan:

// x o'zgaruvchiga 5 qiymat sifatida berilgan
let x = 5; 
console.log(x); // 5

// x ning qiymati 3 ga o'zgardi
x = 3; 
console.log(x); // 3

JavaScript-da o'zgaruvchilariga nom berish qoidalari O'zgaruvchilarni nomlash qoidalari:

  1. O'zgaruvchi nomlari harf, pastki chizig' _ yoki $ dollar belgisi bilan boshlanishi kerak. Masalan:
    let a = 'hello';
    let _a = 'hello';
    let $a = 'hello';
    
  2. O'zgaruvchi nomlarini raqamlardan boshlash mumkin emas. Masalan:
    let 1a = 'hello'; // Error!
    
  3. JavaScript case-sensetivedir (ya'ni JS y bilan Y ni farqlay oladi). Shunday qilib y va Y har xil o'zgaruvchi nomlaridir. Masalan:
let y = "Assalamu alaykum";
let Y = 5;

console.log(y); // Assalamu alaykum
console.log(Y); // 5

4, Kalit so'zlarni o'zgaruvchi nomlari sifatida foydalanish mumkin emas. Masalan:

let new = 5; // Error! new bu JS da kalit so'z

Izoh:

  • O'zgaruvchilarni xohlagan usulda nomlashingiz mumkin bo'lsa-da, o'zgaruvchini tavsiflovchi nom berish yaxshiroqdir. Agar siz apple(olma) sonini saqlash uchun o'zgaruvchidan foydalanayotgan bo'lsangiz, x yoki n o'rniga apple yoki numberOfApples dan foydalanishingiz yaxshiroqdir.
  • JavaScript-da, o'zgaruvchi nomlari odatda bir nechta so'zlardan iborat bo'lsa, camelCase usulida yoziladi. Masalan, firstName, annualSalary va boshqalar.

JavaScriptda Constants(konstantlar)

Const kalit so'zi konstantlarni yaratish uchun JavaScriptni ES6 (ES2015) versiyasida kiritilgan. Masalan:

const x = 5;

Konstant e'lon qilingandan so'ng, biz uning qiymatini o'zgartira olmaymiz.

const x = 5;
x = 10;  // Error! konstantlarning qiymatini o'zgartirish mumkin emas.
console.log(x)

Oddiy qilib aytganda, konstant - bu qiymati o'zgarishi mumkin bo'lmagan o'zgaruvchi turi. Bundan tashqari, konstantga qiymat bermasdan konstant e'lon qila olmaysiz. Masalan:

const x;  // Error! const e'lon qilganingizda qiymat berishni unutdingiz
x = 5;
console.log(x)

Izoh: Agar o'zgaruvchining qiymati dastur davomida o'zgarmasligiga amin bo'lsangiz, const dan foydalanish tavsiya etiladi. Biroq, constni qo'llab-quvvatlamaydigan bir nechta brauzerlar mavjud. Qo'shimcha ma'lumot olish uchun ushbu sitega tashrif buyuring.

Endi siz o'zgaruvchilar va ulardan qanday foydalanish haqida bilasiz, keyingi qo'llanmada o'zgaruvchi saqlashi mumkin bo'lgan har xil ma'lumotlar turlari haqida bilib olasiz.

Telegram kanal: @developer_asadbek

Did you find this article valuable?

Support Asadbek by becoming a sponsor. Any amount is appreciated!