JavaScript console.log() metodi (3-dars)

JavaScript console.log() metodi (3-dars)

ยท

2 min read

Ushbu qo'llanmada siz JavaScriptning console metodi haqida bilib olasiz.

Lugat

  • debugging : codeni ishga tushirish va uning ishlashini tekshirish

JavaScript console.log()

Barcha zamonaviy brauzerlarda debugging uchun veb-console mavjud. Ushbu consolelarga matn yozish uchun console.log () metodi qo'llaniladi. Masalan:

let sum = 44;
console.log(sum);   // 44

Yuqoridagi kodni ishlatganingizda, consolega 44 chiqadi. Consoledan foydalanish haqida ko'proq bilish uchun quyidagi sahifaga o'ting: JavaScriptga Kirish(1-dars)

console.log() Sintaksis

Uning sintaksisi:

console.log(message);

Bu yerda message o'zgaruvchiga yoki qiymatga ishora qiladi. Ya'ni console.log() metodini ichida biror matn yozishingiz mumkin.

Izoh: Biz kelgusi darslarda output (ya'ni yozgan kodimizni natijasi)ni ko'rsatish uchun console.log () metodidan foydalanamiz.

1-misol: Matnni ekranga chiqarish

// matnni ekranga chiqarish dasturi

// passing string
console.log("Js o'rganish uchun @developer_asadbek kanalini kuzatib boring ๐Ÿ˜€");

Natija

Js o'rganish uchun @developer_asadbek kanalini kuzatib boring ๐Ÿ˜€

2-misol: O'zgaruvchilarda saqlangan qiymatlarni ekranga chiqarish

// o'zgaruvchilardagi qiymatlarni ekranga chiqarish dasturi

// qiymatlarni saqlash
const greet = 'Assalamu Alaykum';
const name = 'Asadbek';

console.log(Assalamu Alaykum + ' ' + Asadbek);

Natija

Hello Jack

Ushbu misollardan ko'rinib turibdiki, console.log () metodi o'zgaruvchining ichidagi qiymatni ko'rishni osonlashtiradi. Shuning uchun u odatda kodni test/debugging qilish uchun ishlatiladi.

Console ob'ekti console.log () dan tashqari turli xil metodlarga ega. Qo'shimcha ma'lumot olish uchun ushbu sahifaga tashrif buyuring: JavaScript Console.

Telegram kanal: @developer_asadbek

Did you find this article valuable?

Support Asadbek by becoming a sponsor. Any amount is appreciated!